Brunu Fernandesh MYUning shartnoma bo'yicha yaxshilangan taklifini rad etdi - Tavoleri

19 avg 2026, 08:30
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi va sardori Brunu Fernandesh klubning shartnomani uzaytirish bo'yicha yaxshilangan taklifini rad etdi, deb xabar beradi jurnalist Sasha Tavoleri X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Angliya klubining taklifi yiliga maoshni 500 ming evroga oshirishni ko'zda tutgan edi. Bu summa Fernandeshni shartnomani uzaytirishga ko'ndirish uchun etarli bo'lmadi. Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Yarim himoyachi 2020 yilning yanvar oyidan beri mankunianliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda Fernandesh barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol va 22 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. "Transfermarkt" portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/sachatavolieri