Mavsumoldi o'yinlarda "Manchester Yunayted"ning kim sardor bo'ladi

10 iyul 2026, 21:45
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr jamoaning mavsumoldi uchrashuvlarida sardorlik bog'ichini taqishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik hali ham jamoaning vice-sardorini aniqlab olmagan. Shu bilan birga, Brunu Fernandesh, Diogu Dalot, Lisandro Martines va Matteys de Ligtning yo'qligi tufayli aynan Maguayr asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.

32 yoshli angliyalik himoyachi avval ham "Manchester Yunayted" sardori bo'lgan. U 2020–2023 yillar davomida sardorlik vazifasini bajargan, keyinchalik esa bu maqom Brunu Fernandeshga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal