

Bu haqda mashhur insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
Saudiya klubi 30 yoshli forvard uchun ingliz jamoasiga bonuslarni hisobga olgan holda 45 million evro taklif qilgan. Angliyalik futbolchining o'zi o'tishga rozi. Biroq "Aston Villa" futbolchi bo'yicha berilgan ikkita taklifni rad etib bo'ldi.
Avvalroq hujumchi Karim Benzema shu yoz oxirigacha "Al Hilol"ni tark etishi mumkinligi haqida ma'lumot paydo bo'lgan edi. Uning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan nomzodlardan biri Uotkins hisoblanadi.



