"Trabzonspor" Salohdan so'ng yana bir yulduz hujumchiga shartnoma taklif qildi

19 avg 2026, 09:15
Turkiyaning "Trabzonspor" klubi Karim Benzemaning o'tishini rasmiylashtirishga harakat qilmoqda.

Jurnalist Yag'iz Sobunjio'g'lining takidlashicha, muzokaralar davom etmoqda va Turkiya tomoni Benzema bilan ehtimoliy shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda.

2026/27 yilgi mavsum oldidan "Trabzonspor" tarkibini misrlik Muhammad Saloh to'ldirgan edi.

Shuningdek, "Trabzonspor" Benzema bilan birga Saudiyaning "Al Hilol" klubida harakat qilayotgan Darvin Nunesni ham o'z safiga qo'shib olmoqchiligi haqida mish-mishlar yuribdi.

O'tgan mavsumda Benzema "Al Ittihod" va "Al Hilol" sharafini himoya qilib, Saudiya chempionatining 24 ta o'yinida 17 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com