"Galatasaroy" prezidenti O'zbek Brunu uchun MYUga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor

Aslanov Jasurbek
17 avg 2026, 23:30
"Galatasaroy" Brunu Fernandeshga katta maosh to'lashga tayyor.

The Telegraph xabariga ko'ra, Turkiya chempionlari bonus hisobiga "Manchester Yunayted"ga 50 million evro, yarim himoyachining o'ziga esa yiliga 21 million evro "sof" maosh taklif qilmoqchi. Shuningdek, 4 yillik shartnoma imzolagani uchun bonus sifatida yana 4 million evro ko'zda tutilgan. Turkiya soliq tizimini hisobga olgan holda, portugaliyalik futbolchi amalda hozir Angliyadagidan ikki baravar ko'p maosh olardi. Shu bilan birga, MYU o'z sardorini sotish niyatida emas va uni rejalarining muhim qismi sifatida ko'rib chiqmoqda, biroq istanbulliklar baribir yaqin kunlarda 35+15 mln evro taklif qilishi mumkin. Transfer bilan "Galatasaroy" prezidenti Dursun O'zbek shug'ullanayotgani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph