

O'yin haqida nima deyish mumkin? Umuman olgan, o'yin yomon kechmayotgandi. Shunchaki o'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Afsuski, shundan so'ng gol o'tkazib yubordik... Qayerdadir diqqat-e'tibor yetishmadi va mana shu sababli ikkita golni o'tkazib yubordik.
Har holda, yigitlar oxirigacha kurashishdi. Kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Afsuski, ularning umidlarini oqlay olmadik, ularni tushunib turibman... Lekin baribir oxirigacha kurashishda davom etamiz.



