"Manchester Yunayted" Brunu Fernandeshdan voz kechishga tayyor

19 iyul 2026, 13:30
Yarim himoyachi Brunu Fernandesh yozda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Sulaymon Rodop xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" portugaliyalikni atigi 42 million funt sterlingga sotishga tayyor. Yarim himoyachini sotib olishga "Galatasaroy" qiziqish bildirmoqda.

Ehtimoliy kelishuvda Fernandeshning maoshi to'siq bo'lishi mumkin. Turkiya klubi Brununing talablarini qondira olishi dargumon.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/SuleymanRodop