

Shu tariqa "Bornmut" 127 yillik tarixida ilk marta evrokuboklarda o'ynaydi. Hozirda Andoni Iraola boshchiligidagi "Bornmut" 6-o'rinda bormoqda va bu o'rin Liga Yevropasiga yo'llanmani kafolatlaydi. Shuningdek, jamoa Liga chempioniga chiqish uchun ham matematik imkoniyatni saqlab turibdi.
2025/2026 mavsumining so'nggi o'yinida "Bornmut" safarda "Nottingem Forest" bilan uchrashadi. Hozirgi vaqtda Iraola jamoasi 2026 yil 3 yanvaridan buyon APLda mag'lubiyat ko'rmayapti - 17 o'yin (8 g'alaba va 9 durang).



