

Manbaga ko'ra, "Barselona" 19 yoshli hujumchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi o'z futbolchisini sotishdan 60 million funt sterling daromad olmoqchi.
Joriy mavsumda Eli Junior Krupi "Bornmut" safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi. Uning "giloslar" bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.



