"Bornmut" pedofil futbolchisini jamoadan chetlatdi

8 may 2026, 20:22
"Bornmut" rahbariyati "Fulxem"ga qarshi bahs oldidan Aleks Ximenesni tarkibdan chetlatishga qaror qildi.

Jamoalar ertaga o'zaro uchrashuv o'tkazishlari kerak edi.

Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda Aleks Ximenesning 15 yoshli qiz bilan yozishmalari rasmi tarqalib ketdi. Unda futbolchi qiz bilan uchrashishni istayotganini yozib o'tgan.

"Klub ushbu holatga jiddiy qaragan va taftish ishlarini boshlab yuborgan. Ximenes ertaga bo'ladigan "Fulxem"ga qarshi o'yin qaydnomasida bo'lmaydi va hozircha bu borada biror ma'lumot ham bera olmaydi", - deb yoziladi klub rasmiy bayonotida.

Qayd etish kerak, Aleks Ximenes bugun, 8 may kuni 21 yoshga to'ldi.


Manba: