"Bir daqiqa ham bo'shashish mumkin emasdi". Messi - Argentinaning Avstriya ustidan qozongan g'alabasi haqida

23 iyun 2026, 08:05
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionatining dastlabki o'yinlarida kiritgan beshta goli haqida fikr bildirdi.

Bundan avval argentinalik futbolchi Jazoir darvozasiga xet-trik qayd etgan (3:0) va Avstriya bilan bahsda ikki bor gol urgan edi (2:0).

- Leo, jahon chempionatidagi ushbu ikki o'yinda beshta gol urish siz uchun nimani anglatadi? Va Argentina xalqiga ushbu quvonchni tuhfa etish orqali nimalarni his qilyapsiz?

- Rahmat. Bu katta baxt, ayniqsa g'alaba qozonganimiz tufayli - bu g'alaba bizga osonlikcha taqdim etilgani yo'q. Biz Avstriyaga qarshi o'yin shiddatli bo'lishini bilardik, bir daqiqa ham bo'shashish mumkin emasdi. Men o'yin natijasidan va 1/16 finalga yo'l olganimizdan xursandman. Keyinagi haftani xotirjam kutib olishimiz uchun olti ochko jamg'arish juda muhim edi. Biz baxtlimiz, - deya Messining so'zlaridan iqtibos keltiradi Argentina terma jamoasining X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy akkaunti.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://x.com/AFASeleccionEN