

22 yoshli futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'lyapti, Madridning "Real"i va "Alaves"ga qarshi kechgan so'nggi ikki uchrashuvda esa umuman maydonga tushmadi - Xans-Diter Flik har ikkala safar ham uni zaxirada qoldirdi. Jurnalist Reshad Rahman Alfredo Martinesga tayangan holda xabar berishicha, jahon chempioni jamoadagi o'z holatidan norozi va bundan ko'prog'iga loyiqman deb hisoblaydi.
So'nggi paytlarda Gaviga PSJ tomonidan qiziqish borligi haqidagi mish-mishlar tobora avj olmoqda. Transfermarkt portali "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisining narxini 25 mln evroga baholamoqda, uning amaldagi shartnomasi esa 2030 yilgacha mo'ljallangan.



