"Real" APLdan Kurtuaga o'rinbosar topdi

3 noya 2026, 09:45
"Real" "Brayton" darvozaboni Bart Verbryuggenni 2026/2027 yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan Tibo Kurtuaga uzoq muddatli ideal o'rinbosar sifatida ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi Football Insider.

Manbalarning ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi agar shunday imkoniyat yuzaga kelsa, Madridga ko'chib o'tishga qarshi emas.

Verbryuggen APLning to'qqizta o'yinida olti marotaba o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, u chempionatda ushbu ko'rsatkich bo'yicha birinchi o'rinni bo'lishib turibdi. O'tgan mavsumda u o'tkazib yuborilishining oldi olingan gollar bo'yicha ligada uchinchi o'rinni egallagan edi, yozda esa milliy terma jamoa bilan birgalikda jahon chempionatida ishtirok etdi.

Verbryuggenning "Brayton" bilan shartnomasi 2028 yilning yozida tugaydi, bu esa klubni tanlov oldida qoldirmoqda: o'yinchini keyingi yozda sotish yoki unga yangi bitim taklif qilish. "Brayton" top-klublar tomonidan bo'layotgan qiziqishlarga allaqachon ko'nikkan va kutilishicha, bosiqlik hamda vazminlik bilan harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Insider