

FIFA kengash a'zolariga jahon chempionatining tijorat huquqlaridagi ulushlarini xususiy investorlarga sotishni nazarda tutuvchi va muvaffaqiyaciz yakunlangan FIFA Forward Enterprise (FFE) loyihasi bo'yicha ichki hujjatlar bilan tanishish imkonini berishga rozi bo'ldi. Bu qaror UEFAning 2 noyabr kuni muddati tugaydigan ultimatumiga javob bo'ldi.
Biroq ma'lumotlarni oshkor qilish shartlari qatiy: hujjatlar tarqatilmaydi, ular bilan faqat Cyurixdagi FIFA shtab-kvartirasida qatiy maxfiylik protokollari asosida tanishib chiqish mumkin. Kengash a'zolariga materiallarni o'rganish istagini ro'yxatdan o'tkazish uchun ikki hafta muddat berildi. FIFA cheklovlarni yuridigan majburiyatlar va nozik ma'lumotlarni himoya qilish bilan izohlaydi, shuningdek, yoshlar turnirlarini tashkil etish va navbatdan tashqari kongressga tayyorgarlik ko'rish sababli band ekanini vaj qilib ko'rsatmoqda.
UEFA o'z xatida FFE loyihasining chaqirib olinishi va xatolarning tan olinishi qarorlar qanday qabul qilingani hamda nima uchun FIFA kengashi o'z vaqtida jalb etilmaganini tushuntirib bermasligini ko'rsatgan. Vaziyat oldinda turgan saylovlar fondida keskinlashmoqda: Infantino qayta saylanmoqchi, raqobatchilar uchun eng so'nggi muddat esa 18 noyabr sanasi hisoblanadi, UEFAning bosimi esa amaldagi prezidentning mavqeini susaytirish urinishi sifatida baholanmoqda.



