

"Tenerife" o'yinchisi Xesus de Migel Nuestra-Senora-de-Kandelariya Universitet shifoxonasining intensiv terapiya bo'limida bo'lib turibdi. Vaziyatning og'irligiga qaramay, uning ahvoli barqaror. Tibbiy xodimlar shifoxonada bo'lib turishibdi va keyingi o'zgarishlar haqida axborot berib borishadi", - deyiladi klubning X ijtimoiy tarmog'idagi xabarida.
Ko'ngilsiz hodisa hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda, hisob 2:2 bo'lib turganda yuz berdi. "Andorra" darvozaboni Xesus Ovono jarima maydonchasidan tashqariga chiqib, de Migel bilan to'qnashib ketdi, shundan so'ng hujumchi yiqildi. Futbolchiga shoshilinch tibbiy yordam kerak bo'ldi va uchrashuvni baribir yakuniga etkazishning imkoni bo'lmadi.



