Kerrik MYUdagi vaziyat haqida: "O'zimni ikkita o'yini qolgan murabbiydek his qilmayapman"

Sherzod Nurmatov
3 noya 2026, 12:05
MYU bosh murabbiyi Maykl Kerrik Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turi doirasida "Roma"ga qarshi kechadigan bahs oldidan klubdagi vaziyat haqida gapirib berdi.

Avvalroq 45 yoshli mutaxassis terma jamoalarning noyabr oyidagi tanaffusi paytida iste'foga chiqarilishi mumkinligi xabar qilingandi.

"Bu mening kimligim, nima uchun yashayotganimni anglatadi. Jamoa g'alaba qozonayotgan paytda bu ishni ko'pchilik uddalay olardi. Yomon natijalar mening ruhiyatimni aslo o'zgartirgani yo'q.

Kiyinish xonasida muhit a'lo darajada. Voqelikni idrok etish - qiziq narsa: bir xil vaziyatni turlicha talqin qilish mumkin. Futbolchilarning klubga va bir-birlariga bo'lgan sadoqatiga kelsak, men bunga umuman shubha qilmayman.

O'zimni ikkita o'yini qolgan murabbiydek his qilmayapman. Kelajakda nima bo'lishini hech qachon oldindan bilmaysan, ammo bu mening his-tuyg'ularimni aslo o'zgartirmaydi. O'yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Ehtimol, natijalarimizni inobatga olib meni jinniga chiqararsiz, lekin men haqiqatan ham ushbu uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman", – deya Kerrikning so'zlarini keltiradi "Manchester Evening News".

"Manchester Yunayted" bugun o'z maydonida "Roma"ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News