Lutfulla To'raevning yoshi "urilgan"mi? Futbolchining o'zi javob berdi

3 noya 2026, 08:48
O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi Lutfulla To'raev "90minutuz" podkastida yoshi haqidagi savolga javob berdi.

"Ochig'i aytaman, 2004 yilda 1988 yilda tug'ilgan futbolchilar terma jamoasiga Islom Ahmedov murabbiylik qilardi. Men o'zim 1987 yilda tug'ilganman. Ularning o'zlari meni 1988 yil qilib berishgan. Bir yilga "urilganman"! Maktabga esa bir yil oldin borganman va men 1986 yilda tug'ilganlar bilan o'qiganman. O'sha vaqtlarda 6 yoshdan maktabga chiqish mumkin bo'lgan. Men 1986 yildagilar bilan o'qiganman, o'zim 1987 yilda tug'ilganman va pasportimga 1988 yil deb yozilgan", - deb fikr bildirdi terma jamoamizning sobiq futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Manba: 90minutuz