"Barselona" yanvar oyida Estevaoni ijaraga olishga tayyor

31 okt 2026, 13:45
"Chelsi" vingeri Estevaoning yanvar oyida "Barselona"ga yo'l olishi ehtimoli yuqori.

Kataloniyaliklar sport bloki qishki transfer oynasida braziliyalikni o'z safiga olishga tayyor. Gap ehtimoliy ijara haqida ketmoqda.

Avvalroq Estevaoning o'zi "Chelsi"ni tark etishga tayyor ekani ma'lum bo'lgandi. U o'z holatidan norozi va ish joyini o'zgartirishga tayyor.

"Chelsi" ham foydali taklif bo'lgan taqdirda yosh braziliyalikni qo'yib yuborishga qarshi emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport.es