Luis Enrike Gavini PSJga jalb qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
30 okt 2026, 18:15
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Barselona" yarim himoyachisi Gavini safiga qo'shib olish niyatida.

Mutaxassis 22 yoshli futbolchini Ispaniya terma jamoasidagi birgalikdagi faoliyat orqali yaxshi biladi - Gavi aynan uning qo'l ostida 17 yoshida milliy jamoada debyut qilgan.

3.jpg

Manbaga ko'ra, PSJda Gaviga muhimroq rol va unga "Barselona"da yetishmayotgan muntazam o'yin amaliyoti taklif qilinadi. Parij klubi futbolchi uchun 40 million evrodan ortiq taklif berishga hozirlik ko'rmoqda.

Gavi "Barselona"da 2021 yildan buyon o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakatlar qayd etmadi. Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional