

Bu haqda COPE xabar bermoqda.
Portugaliyalik mutaxassis yordamchisi Joau Amaral bilan birgalikda argentinalik futbolchining agenti Fernando Idalgo bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Tomonlar ehtimoliy transfer bo'yicha keyingi harakatlar rejasini muhokama qilish niyatida.

Takidlanishicha, “Barselona” 26 yoshli futbolchi uchun hamon 100 million evro to'lashga tayyor. Alvaresning yaqin atrofidagilar esa u kataloniyaliklar klubiga o'tishni va Xans-Diter Flik qo'l ostida to'p tepishni xohlayotganini takidlamoqda.
Shu bilan birga, “Atletiko” hujumchini sotishdan bosh tortmoqda. Oldinroq klub amaldagi shartnomaga ega bo'lgan futbolchi bilan muzokaralar olib borayotgani sababli “Barselona” ustidan Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasiga (RFEF) shikoyat qilgandi. Kataloniya klubiga nisbatan surishtiruv ishlari boshlangan.
Alvares 10 avgust kuni “Atletiko”ning mashg'ulotlariga qo'shilishi kerak.



