“Hech kim klubdan ustun emas”: “Real” Vinisiusga ultimatum qo'ydi

Sherzod Nurmatov
6 avg 2026, 12:10
Vinisius Junior atrofidagi transfer hikoyasi juda tez fursatda ortga qaytib bo'lmaydigan nuqtaga yaqinlashmoqda.

Jurnalist Xose Feliks Diasning ma'lumotiga ko'ra, “Real” rahbariyati “Arsenal”ning braziliyalik vingerga bo'lgan qiziqishi haqiqiy va aniq ekanligini tasdiqlovchi ma'lumot olgan. Shunga qaramay, Madrid klubi futbolchidan o'z kelajagi borasidagi yakuniy qarorini zudlik bilan ma'lum qilishni talab etdi.

“Real”ning poziciyasi murosasiz. Klub vakillari futbolchiga aniq va oshkora signal yuborishdi: “Hech kim “Real”dan ustun emas”.

Rahbariyat endi noaniqlikka toqat qilish niyatida emas va Vinisiusdan yakuniy javobni kutmoqda. Manbaga ko'ra, bu cho'zilib ketgan hikoyaning echimi tez orada ma'lum bo'lishi kutilmoqda.

Takidlash joizki, oldinroq “qirollik klubi” braziliyalik futbolchini 150 million evroga baholagandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS