

Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.
47 yoshli mutaxassis Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) Elit hakamlar korpusi direktori etib tayinlandi. Yangi lavozimda Teylor turkiyalik hakamlarning strategik va texnik rivojlanishiga, shuningdek, hakamlik tizimini UEFA va FIFA standartlariga muvofiqlashtirishga mas'ul bo'ladi.
Iyul oyida angliyalik mutaxassis 20 yillik hakamlik faoliyatidan so'ng faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi. Teylor 2010 yildan beri APL o'yinlarida hakamlik qilib kelgan, shuningdek, 2020 va 2024 yilgi Yevropa chempionatlari hamda JCH-2022’da ishlagan. U Angliyaning barcha kubok turnirlari finallarini boshqargan va 1901 yildan beri Angliya Kubogi finalida faoliyati davomida ikki marta ishlagan birinchi hakamga aylangan edi.



