

"El Chiringuito" nashri ma'lumotiga ko'ra, klub va futbolchi o'rtasidagi muzokaralar yaxshi kechmoqda. Bernarduning agenti Jorje Mendesh ushbu transfer borasida faol ishlamoqda va o'z navbatida "Barselona" ham hujum chizig'ini kuchaytirishga jiddiy bel bog'lagan.
Ushbu mavsumda Bernardu barcha turnirlarda 53 o'yinda qatnashib, 3 gol va 5 assist qayd etdi. Umumiy hisobda u "shaharliklar" tarkibida 460 uchrashuvda ishtirok etib, 76 gol va 77 assistni hisobiga yozdirib qo'ygan.



