

"Yaxshi yetib keldik. Moslashish jarayoni boshlandi. Oradagi farq 9 soat bo'lishiga qaramasdan ko'nikib qoldik. Barchasi yaxshi.
Bu hissiyotlarni etkazib berish juda qiyin. Albatta Jahon chempionatida o'ynash barcha futbolchilarning orzusi. Mundial oldidan 30talik ro'yxatga tushish - men uchun faxr. Bundan juda xursand bo'ldim.
Kanada va Niderlandiyaga qarshi o'yinlar taktik tomonlama ham biz uchun anchagina yordam beradi. Biz o'zimizni istalgancha sinab olishimiz mumkin.
Bosh murabbiydan ko'p narsalarni o'rganyapman, ayniqsa taktik tomondan. Jismonan o'sishga erishayotganimni o'zim his qilyapman. Menimcha barcha futbolchilarda shunday bo'lsa kerak.
Muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashsin. Xalqimiz uchun jonimizni berib o'ynaymiz", - dedi Sherzod Esanov.



