

Superliga
“Nasaf” - “Navbahor”
Superliga 11-turi doirasidagi “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “Navbahor lochinlari” futbol klubi bosh murabbiyi Temur Kapadze Superliga reglamentining 22.10-bandini buzgani, yani ushrashuv qaydnomasiga hakamlik yuzasidan etiroz kiritmasdan turib uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiylari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida “Championat.asia” saytiga hakamlar xatti-harakati bo'yicha o'z etirozlarini bildirib intervyu bergani, bu bilan hakam qaroriga shikoyat berish tartibini buzgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Navbahor” futbol klubi murabbiyi Temur Kapadzega nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
O'zbekiston Kubogi
“Olimpik-MobiUZ” – “Mashal”
O'zbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Olimpik-Mobiuz” – “Mashal” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Mahmud Jo'raboev to'psiz vaziyatda raqib jamoa futbolchisining yuziga boshi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Mashal” futbol klubi futbolchisi Mahmud Jo'raboevga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
Jayxun – Qizilqum
O'zbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Jayxun” – “Qizilqum” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 83-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Akmaljon Muzaffarov to'psiz vaziyatda raqib jamoa futbolchisining yuziga qo'li bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Akmaljon Muzaffarovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
So'g'diyona – Olimpik-MobiUZ
O'zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi “So'g'diyona” – “Olimpik-Mobiuz” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 88-daqiqasida “Olimpik-Mobiuz” futbol klubi rasmiysi Andrey Miklyaev yordamchi hakam shaniga nomaqbul so'zlar ishlatib, haqorat qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan “Olimpik-Mobiuz” futbol klubi rasmiysi Andrey Miklyaevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
O'zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi “So'g'diyona” – “Olimpik-Mobiuz” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “So'g'diyona” mezbonligida o'tgan baxsda stadion internet bilan taminlamagani, ushbu holat stadionga tashrif buyurgan Ko'chma Television Stanciya (KTS) uchrashuvni to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatib bera olmaganiga sabab bo'lgan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “So'g'diyona” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi qo'llansin.
“Kattaqo'rg'on” – “Surxon”
O'zbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Kattaqo'rg'on” – “Surxon” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “Kattaqo'rg'on” futbol klubi uchrashuv komissari uchun belgilangan kompyuter va printer soz holatda emasligi, kompyuter va printer ishlamay qolgani uchrashuv komissarining faoliyatiga ta’sir ko'rsatgani va yakunda ushbu holat uchrashuvni kech boshlanishiga sabab bo'lgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73-moddasiga asosan “Kattaqo'rg'on” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi qo'llansin.
O'zbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Kattaqo'rg'on” – “Surxon” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv tugagandan so'ng “Surxon” futbol klubi futbolchisi Otabek Boymurodov sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakati, yani, “Surxon” futbol klubi muxlislari bilan tortishib qolib, muxlislarga qarata qo'l ishoralarini ko'rsatib, haqoratli so'zlar ishlatgani va tartibsizlik keltirib chiqargani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 68-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi Otabek Boymurodovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Pro liga
“G'azalkent” – “TerDU”
Proliga 7-turi doirasidagi “G'azalkent” – “TerDU” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng Bunyodkor stadionining CIPsektoridagi muxlislar maydonga qarata turli buyumlar, xususan, elim idishlarni uloqtirgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 79-moddasiga asosan “G'azalkent” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi hamda “G'azalkent” futbol klubining kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning CIP, 1A, 1B, 1C va 1D sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo'yish intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliga 7-turi doirasidagi “G'azalkent” – “TerDU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+2-daqiqasida “TerDU” futbol klubi futbolchisi Ulug'bek O'rinboev o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubi futbolchisi Ulug'bek O'rinboevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Respublika FA” – “Lochin”
Proliga 7-turi doirasidagi “Respublika FA” – “Lochin” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Lochin” futbol klubi futbolchisi Sardorbek Saidov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Lochin” futbol klubi futbolchisi Sardorbek Saidovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Jayxun” – “Metallurg”
Proliga 7-turi doirasidagi “Jayxun” – “Metallurg” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 18-daqiqasida “Jayxun” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Umrzaqov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Jayxun” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Umrzaqovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Aral” – “Yaypan”
Proliga 7-turi doirasidagi “Aral” – “Yaypan” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 28-daqiqasida mehmon jamoa futbolchisi A.Abdurashidov avtogol qayd etgani, stadion suxandoni avtogol muallifini stadionda e'lon qilib, bir necha bor takrorlagani, stadion suxandonining mazkur harakatlari raqib jamoa vakillariga nisbatan provokacion tus kasb etgan bo'lib, bu o'z navbatida stadiondagi muhit keskinlashishiga, tartibsizlik yuzaga kelishiga hamda raqib jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarining etiroz bildirishiga sabab bo'lgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Aral” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.



