

"Aslini olganda, men ko'proq Krishtianu Ronalduning muxlisiman.
Biroq, Messi juda uzoq vaqtdan beri mana shunday yuqori darajadagi o'yinni namoyish etib kelmoqda, unga qarshi biror salbiy gap gapirish yoki gapirishga urinishning o'zi nokamtarlik bo'lardi. U aql bovar qilmas darajada xarizmatik futbolchi va bu narsa uning jamoasida ham seziladi. Uning maydonda taratadigan energiyasi va atrofga uzatadigan muhiti o'zgacha. Va ha, aynan shu sababli men ushbu o'yinni intiqlik bilan kutyapman va biz unga qarshilik ko'rsatish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilamiz", - dediya Shlager TyC Sports nashriga bergan intevyusida.



