

Ular futbol o'ynashni yoki kombinacion futbolni xush ko'rishmaydi. Ular juda oddiy, to'g'ri chiziqli futbol namoyish etishadi va tarkiblarida bunga mos keladigan futbolchilar bor. Barcha o'yinchilarining bo'yi baland. Shu sababli bizga havodan uzatiladigan to'plar uchun kurashish juda qiyin bo'ldi.
Chexiya aynan mana shu ishni qildi, ha, bu bir taktika. Nima uchun aynan bunday yo'l tutishganini ayta olmayman. Bu qarorni murabbiy qabul qiladi va ehtimol, agar men Chexiya murabbiyi bo'lganimda, xuddi shunday yo'l tutgan bo'lardim.
Ammo o'ylaymanki, agar siz futbolni sevsangiz, bugun Chexiya ko'rsatgan o'yindan ko'ra, biz namoyish etgan futbol sizga ko'proq yoqqan bo'lardi", - deya Broosning so'zlarini ESPN nashri keltiradi.



