

Ushbu orol-davlat futbol bo'yicha jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan eng kam aholiga ega mamlakatga aylandi. Aholisi bor-yo'g'i 156 115 kishidan iborat bo'lgan Kyurasao dunyo birinchiliklari tarixida qatnashgan barcha mamlakatlar orasida eng kam aholi soni bo'yicha mutlaq rekordni yangiladi.
Rekordni tasdiqlovchi rasmiy sertifikat Kyurasao futbol federatsiyasi prezidenti Gilbert Martinaga topshirildi.




