

Jahon chempionatidagi dastlabki o'yinda O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Guruh bosqichidan o'rin olgan qolgan uchrashuvlarda jamoamiz Portugaliya va DR Kongoga qarshi maydonga tushadi.
"Kannavaro, katta ehtimol bilan, tarkib va taktikani o'zgartirmasa kerak. Biz qarshi hujumga juda yaxshi o'tamiz, tarkibimizda to'pni o'zida saqlay oladigan ijrochilar va Shomurodov kabi yaxshi hujumchilar bor.
Ronalduni to'xtatib qolish? Uning ayni damda qanday sport formasida ekanligini bilmayman. Menimcha, asosiy xavf Brunu Fernandesh va boshqa futbolchilardan kutiladi. Ammo Ronaldu - bu Ronaldu. Nima bo'lgan taqdirda ham, u maydonda u qadar ko'zga tashlanmasligi va to'satdan gol urib ketishi mumkin, buni u juda yaxshi uddalaydi. Unga qarshi kimnidir personal ravishda biriktirib qo'yish shart deb o'ylamayman.
Biz jamoaviy o'yin evaziga kuchlimiz. Fikrimcha, agar raqibga ko'p bo'sh joy qoldirmasdan, zich o'ynasak, ularni mag'lub etishimiz va maydonni yaxshi natija bilan tark etishimiz mumkin. Aytib o'tishganidek, endi qo'rqadigan ham, yo'qotadigan ham hech narsamiz yo'q - har qanday holatda ham ochko olishimiz shart. Eng muhimi - yutqazmaslik, undan keyin esa uchinchi o'yinda ochkolarni qo'lga kiritish kerak. To'g'ri, Kongo ham zaif raqib emas.
Guruhdan chiqish uchun to'rt ochko jamg'arish to'liq etarli bo'ladi. Uchinchi o'rindan yoki ikkinchi o'rindan turib keyingi bosqichga yo'l olishimiz mumkin. Ammo, buning ustiga birinchi o'rin bilan chiqish imkoniyati ham yo'q emas", - dedi Irismetov.


