"Surxon" 4 nafar futbolchi bilan amaldagi shartnomani bekor qildi

19 iyun 2026, 08:55
"Surxon" tanaffus vaqtida bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi.

"Ayni paytda jamoamiz yozgi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda. Shuningdek jamoamiz safini darvozabon Artyom Potapov hamda himoyachilar Jamaliddin Xodjaniyozov, Javohir Jo'raev va Behruz Jumatov bilan amaldagi mehnat shartnomalari o'zaro kelishuv asosida bekor qilindi.

Jamoamiz nomidan ushbu futbolchilarga klubimiz safidagi faoliyati davomida qo'shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda ularning kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat va omad tilaymiz", - deyilgan klub matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL