Dahshatli jarohat olgan Konening jarohati va qancha muddatga safga chiqqani ma'lum

19 iyun 2026, 11:55
Kanada terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Konening oyoq kichik boldir va katta boldir suyaklari singani aniqlandi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida Kone og'ir jarohat oldi. Qatarliklar yarim himoyachisi Assim Madibo raqibiga juda qo'pol o'ynadi va qo'polligi uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. Ismael esa maydondan zambilda olib chiqib ketildi.

Hozirgi vaqtda 24 yoshli futbolchi shifoxonada bo'lib turibdi. Ushbu og'ir jarohat sababli Kone 4-5 oyga safdan chiqishi mumkin.

gettyimages-2282271539-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano