
"V" guruhidan o'rin olgan ushbu bahs Inglvuddagi (AQSH) "Sou-Fay" stadionida o'tkazildi va shveytsariyaliklarning 4:1 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob faqatgina 74-daqiqaga kelib ochildi. Shu tariqa, bu jahon chempionatlari tarixida 70-daqiqadan so'ng (asosiy vaqtning o'zida, qo'shimcha bo'limlarsiz) raqiblar darvozasiga jami 5 ta gol kiritilgan ilk o'yin sifatida tarixga kirdi.
Gruh bosqichining 3-turida shveytsariyaliklar Kanada terma jamoasiga qarshi maydonga tushsalar, bosniyaliklar Qatar bilan kuch sinashadilar.