

Uchrashuvdan keyin Messiga shunday savol berishdi: - Bugun Xulian xuddi Messidek o'ynadimi?
- Yo'q, yo'q. Hozirgina aytdim, u ajoyib gol urdi. Ammo bu uning faoliyatidagi birinchi bunday gol emas. U avval ham shunday chiroyli gollarni urgan.
Bu haqiqatan ham fantastik gol bo'ldi. Xulianning zarbasi juda kuchli va aniq. U buni yana bir bor isbotladi. "Atletiko"da ham bu mavsum shunga o'xshash ko'plab gollar urdi.
Natijadan juda xursandman. Xulian ham, Lautaro ham gol urganidan mamnunman. Bu gollar ikkalasi uchun ham juda muhim edi. Shuning uchun butun jamoa uchun ham xursand bo'ldim, - dedi Messi.
Eslatib o'tamiz, Argentina Shveytsariyani 3:1 hisobida mag'lub etib, mundialning chorak finaliga yo'l oldi.



