

Avvalroq, "Atletiko" hujumchisi klubdan ketish istagini bildirgan edi: "Menimcha, hamma uchun eng yaxshi variant – bu transfer. Men o'z orzuimni amalga oshirmoqchiman". Keyinchalik Madrid klubi Alvaresh bilan muzokaralar olib borgani uchun "Barselona" ustidan FIFA va RFEFga shikoyat qilgandi.
"Biz hamon "Atletiko"ni juda hurmat qilamiz. Xulian katta klubda o'ynashni xohlashini aytishidan oldin ham mish-mishlar bor edi, "Barsa" buni aytmagan. Kimdir bunda "Barselona"ga ishora ko'rdi, kimdir yo'q. Biz hech kimga bosim o'tkazganimiz yo'q, futbolchining o'zi buni aytdi.
Bu futbolchi "Manchester Siti" bilan shartnoma imzolashidan oldin va undan ham avvalroq "Barsa"ning nazarida bo'lgan. O'shanda biz uni sotib olishga qurbimiz etmasdi. Biz klubdan klubga taklif yubordik. Ular futbolchini sotishmayapti, chunki uning o'rnini bosadigan odam yo'qligini tushunamiz. Agar ularda muqobil variantlar paydo bo'lsa, ular istashsa va taklif kuchda qolsa, biz bitimdan manfaatdormiz. Endi ko'ryapmanki, ma'lum harakatlar amalga oshirilgan.
Ular bu masalada qanday mantiqqa amal qilayotganini tushunmayapman. "Atletiko"ning barcha rahbarlari – katta tajribaga ega odamlar va ularning strategiyasi nimaga olib borishini bilmayman. Ularda bizning taklifimiz bor va agar ular buni qabul qilishni istashsa, biz xursand bo'lamiz", – dedi Laporta.



