

Bu haqda "ESPN" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, 47 yoshli mutaxassis Jidda klubida Mattias Yaysslening o'rnini egallash uchun asosiy nomzod hisoblanadi, ammo Slotning o'zi Yevropa futboliga qaytish variantini ko'rib chiqmoqda. "Liverpul"dan ketganidan so'ng murabbiyga Angliya, Germaniya va Italiya klublari qiziqish bildirishdi. Shuningdek, u Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga ham ehtimoliy da'vogar sifatida tilga olingan edi.
Slot ikki mavsumlik faoliyatdan so'ng may oyida "Liverpul"ni tark etdi. U o'zining birinchi yilidayoq jamoani Yurgen Klopp ketganidan keyingi APL tituliga olib keldi.



