Arne Slot Niderlandiya terma jamoasini boshqarmaydi

31 iyul 2026, 01:16
Niderlandiya futbol federatsiyasi terma jamoaga yangi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda.

Biroq asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rilgan Arne Slot milliy jamoani boshqarish variantini rad etdi.

Ma'lum qilinishicha, 47 yoshli mutaxassis 2025/26 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin “Liverpul”ni tark etgan bo'lsa-da, hozircha terma jamoada ishlashni rejalashtirmayapti. U faoliyatini Yevropa klub futbolida davom ettirishni istamoqda.

Avvalroq Niderlandiya futbol federatsiyasi ro'yxatidan tajribali mutaxassislar Peter Bos va Erik ten Xag ham chiqarilgan edi. Shu bois federatsiya boshqa variantlarni ko'rib chiqishga majbur bo'lmoqda.

Ayni vaqtda eng jiddiy nomzod sifatida Mikael Raycigerning nomi muhokama qilinmoqda. U avvalroq Ronald Kumanning yordamchisi sifatida Niderlandiya terma jamoasida faoliyat yuritgan va mamlakat futboli tizimini yaxshi biladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: NOS