Angliya terma jamoasini sentyabr oyidagi o'yinlarida kim boshqarishi ma'lum

Khoja
7 avg 2024
Garet Sautgeyt Yevropa chempionati yakunidan so'ng Angliya termasini tark etganidan keyin inglizlar hali o'zlariga yangi murabbiy tayinlashmadi.

 Shu boisdan FA sentyabr oyida bo'lib o'tadigan o'yinlarga Angliya termasiga vaqtinchalik murabbiy tayinlashga qaror qildi. Sentyabr oyidagi o'yinlarga Angliya U-21 termasi murabbiyi Li Karsli tayyorlaydi.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru