

UEFA Millatlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumining 3-tur uchrashuvi yakunlandi, unda Xorvatiya va Angliya terma jamoalari kuch sinashishdi. Jamoalar Xorvatiyaning Rieka shahridagi shu nomli stadionda o'ynashdi. Bosh hakam sifatida Sven Yablonski (Bremen, Germaniya) ishladi. Mehmonlar 7:0 hisobidagi g'alabani nishonlashdi.
8-daqiqada angliyaliklar hujumchisi Garri Keyn hisobni ochdi. 21-daqiqada yarim himoyachi Djud Bellingem o'z jamoasining ustunligini oshirdi. 39-daqiqada vinger Entoni Gordon hisobni yiriklashtirdi. 45-daqiqada yarim himoyachi Bukayo Saka to'rtinchi golni kiritdi. 53-daqiqada Keyn dubl qayd etdi. 68-daqiqada Saka ham o'z ikkinchi to'pini muxlislarga taqdim etdi. 87-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Morgan Rodjers yakuniy hisobni o'rnatdi - 7:0.
Xorvatiya - Angliya 0:7
Gollar: Keyn 8, Bellingem 21, Gordon 39, Saka 45, Keyn 53, Saka 68, Rojers 87.
Xorvatiya: Livakovich, Stanishich, Vushkovich, Gvardiol, Perishich, Modrich, Kovachich, Suchich, Baturina, Ivanovich, Musa.
Angliya: Pikford, Xoll, Gexi, Konsa, Kuansa, Skott, Anderson, Bellingem, Saka, Gordon, Keyn.



