

Hujumchi Krishtianu Ronaldu murabbiy Jorje Jezush bilan nizo sababli milliy jamoa ixtiyorini tark etganidan so'ng Portugaliya terma jamoasining rasmiy akkaunti obunachilari soni 2 milliondan ortiqqa kamaydi. Avvalroq mutaxassis UEFA Millatlar ligasi 2-turidan o'rin olgan Norvegiyaga qarshi o'yinda (2:1) futbolchini maydonga tushirmay, u bilan bo'lgan kelishuvlarni buzgani haqida xabar berilgan edi.
3 oktyabr holatiga ko'ra, Portugaliya terma jamoasi akkauntining kuzatuvchilari soni 22,9 millionni tashkil etmoqda. Ronaldu va Jezush o'rtasidagi nizoga qadar Portugaliya jamoasiga 25 milliondan ortiq kishi obuna bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, murabbiy bilan nizo sababli Ronaldu terma jamoa mashg'ulotlarini boykot qildi, keyin esa jamoani butunlay tark etdi. Krishtianusiz o'tkazilgan birinchi o'yinda portugaliyaliklar Daniyani mag'lub etishdi (4:2).



