

"Hammasi mumkin. Endi haqiqiy muammolar boshlanadi, chunki bu jarayon haftalar davom etishi mumkin. “Siti” uchun bu vaziyatning oqibatlarini yumshatish juda qiyin bo'ladi. Biz hali mustaqil komissiyaning to'liq qarorini ham ko'rganimiz yo'q", - dedi Borson Talksport efirida.
Uning takidlashicha, qaror e'lon qilinganidan keyin klubga nisbatan sankciyalar masalasi bo'yicha alohida jarayon boshlanadi.
"Manchester Siti" barcha ayblovlarni rad etdi, ish sud jarayonidan o'tdi va klub deyarli barcha bandlar bo'yicha aybdor deb topildi. Ularni juda jiddiy muammolar kutib turibdi.
Mening fikrimcha, faktlar bo'yicha apellyaciyaning muvaffaqiyatli yakunlanish ehtimoli juda past. Qaror e'lon qilinganida unda klub va ayrim shaxslarning xatti-harakatlari jiddiy tanqid qilinishi mumkin", - dedi sobiq maslahatchi.
Borsonning fikricha, apellyaciya jarayonida ishni to'liq qayta ko'rib chiqish imkoniyati bo'lmagani "Manchester Siti" uchun qiyinchilik tug'dirishi mumkin.
"Yakunda “Siti” jazoni qabul qilishiga to'g'ri keladi, deb o'ylayman. Va bu jazo jiddiy bo'ladi", - deya qo'shimcha qildi Borson.



