

- O'yin haqida fikringiz?
- "Nasaf" stadioniga qaysi jamoa bilan kelgan bo'lsam, bu yerdagi muhit va maydon holati doim yoqqan. "Nasaf" bilan doim qiziqarli o'yinlar kechgan. Bugun 16-turni o'tkazgan bo'lsak, buni eng yaxshi o'yinlarimizdan biri deb aytgan bo'lardim. Bugun har ikki jamoa futbol o'ynadi va o'yin golga qadar davom etdi. Uchrashuvni biroz asabiy boshladik, keyin xotirjam harakat qilishga o'tdik. Dastlabki 45 daqiqalikni o'z rejamiz bo'yicha o'tkazdik. Ikkinchi bo'limning 15-18 daqiqasini raqib maydonida olib bordik. Standartlar bo'ldi, lekin foydalana olmadik. Bahs oxirlarida "Nasaf" bizni qamab qo'ydi, ammo raqib hujumlariga dosh bera oldik. Buning uchun avvalo darvozabonimizga rahmat. Shuningdek maydonda harakat qilgan futbolchilarimizga ham rahmat deb qolaman. O'ylaymanki, natija adolatli bo'ldi. Men yigitlarga hamma bilan o'ynasa bo'ladi deb aytgandim. Yaxshiyam bugun xatolarga yo'l qo'ymadik.
- Gadoev nima uchun o'yin boshidan harakat qilmadi?
- Bu taktika hamda rotaciya bilan bog'liq. Gadoev zaxiradan tushib o'yinni kuchaytiryapti, buning uchun xursandmiz. Muhammadanas bilan Gadoev hujumkor futbolchilar hisoblanadi, ular zaxiradan tushib o'yinni kuchaytira olishadi. Biz kuchli jamoaga qarshi safarda bahs olib bordik, buni ham inobatga olish lozim. Hamma narsani hisobga olamiz, shunchaki taktika tuzmaymiz.
- Jamoangiz oldiga qanday maqsad qo'yilgan?
- Hozirgi kunda turnir jadvalida o'zimizga maqul o'ringa joylashib olishni maqsad qilganmiz. O'zimizga o'zimiz ko'p xatolar olib keldik, oraliq tanaffus bizning foydamizga bo'lmadi. To'rtta turni tanaffusgacha o'tkazib olganimizda yaxshi bo'lardi. Jahon chempionati sabab tanaffus yuzaga keldi, bu orada o'z o'yinimizni yo'qotib qo'ydik. Omad ham kelmadi.
- Omadsiz o'yinlar nima bilan bog'liq?
- Shunga o'zim ham hayronman. Yozgi yig'inimiz qishdagiga nisbatan yaxshi o'tdi. Lekin natija bo'lmadi. Gol ura olmadik, himoyada hushyorlikni yo'qotdik. Agar himoya yaxshi o'ynasa, kamida durang qayd etasan. Bugungi uchrashuvda hamma yaxshi harakat qildi. Darvozabonimiz jaroat olgan bo'lishiga qaramay oxirigacha ishonch bildirdik. Har bir o'yinga professional qarayapmiz. Futbol darajasi o'syapti, taktika, texnika, jismoniy tayyorgarlik - bularning barchasi muhim, shu qatorda intellektual salohiyat ham eng muhim darajaga chiqdi.
- Mavsum boshida viloyat hokimi bu yil "Qo'qon-1912" sovrinli o'rinlar uchun kurashadi, buning uchun bor sharoitni qilib beramiz deb aytgandi.
- Bu haqda ko'p gapirildi. Bizda viloyat hokimligi bilan uchrashuv bo'ldi, o'zaro suhbat kechdi. Albatta, jamoani yuqoriga ko'tarish uchun say-harakatlar bo'lyapti, lekin jadvalga qarsak hozir egalab turgan o'rindamiz. Ko'p narsa gapirish mumkin, ko'p jamoalar dekabr-yanvar oyida chempion bo'lamiz deydi, lekin men bunday demaganman. Hech qachon hujumkor total futbol namoyish etamiz deb ham aytmaganman. Rahbariyatga doim harakat qilamiz deganman. Biz himoyada o'tirganimiz yo'q, oldinga borishga harakat qilyapmiz. O'yinlarimizni ko'ring, hech birida orqada o'tirmaganmiz. Ha, bizda boshqa jamoalardagi kabi energiya yo'qdir, lekin harakat bo'lyapti. Biz kosmosga uchishni orzu qilishimiz kerak emas, har bir o'yinda maydonga chiqib o'ynashimiz kerak.



