Anchelotti nega Neymarni maydonga tushirmagani haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2026, 01:13
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yaponiyaga qarshi kechgan o'yinda Neymar nega maydonga tushmaganini tushuntirib berdi.

JCH-2026 1/16 finalida Braziliya Gabriel Martinellining ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 5-daqiqada kiritgan goli evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Neymar butun o'yinni zaxirada o'tkazdi – ushbu jahon chempionatida "Santos" hujumchisi hozirgacha faqat Shotlandiyaga qarshi bahsda (3:0) 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushgandi, xolos.

"Biz Neymarni ekstra-taymlar uchun asrab qoldik. Men u bilan gaplashgandim, u 60 yoki 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushishi mumkin edi. Keyin hisobni tenglashtirdik va jamoa o'yinni nazorat qilayotgani uchun o'yin strukturasini o'zgartirmaslikka qaror qildim.

Bizda maydonda ham, zaxira o'rindig'ida ham ko'plab resurslar bor va o'yinchilarning individual jihatdan kuchli ekani yaxshi holat. Biz buni qadrlashimiz kerak. Juda mas'uliyatli o'yin bo'ldi. Yaponiya oson raqib emas, juda tashkilotchi jamoa", - dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte