O'zbekiston va Ozarbayjon yoshlar o'rtasidagi JCH doirasida keng ko'lamli dasturni yo'lga qo'ymoqda

Sherzod Nurmatov
24 avg 2026, 18:18
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev o'rtasida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida futbol sohasida muhim va keng ko'lamli kelishuvga erishildi.

Muzokaralar doirasida futbol bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga qaratilgan “Ikki mamlakat – bir chempionat” nomli maxsus davlatlararo dasturni hayotga tatbiq etish belgilab olindi.

Ushbu tashabbus har ikki davlat o'rtasidagi sport aloqalarini yanada mustahkamlash, yoshlar futbolini yangi bosqichga olib chiqish hamda nufuzli xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: president.uz