

"Biz ishlashda davom etishimiz, yanada kuchayishimiz va yangi g'oyalar izlashimiz kerak. Men bu mag'lubiyatni yakun emas, balki yangi davrning boshlanishi deb hisoblayman", - deya Anchelottining so'zlarini jurnalist Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida keltirdi. Jurnalistning qayd etishicha, Anchelotti bosh murabbiylik lavozimidan ketishni rejalashtirmayapti.
Eslatib o'tamiz, 1/8 finalda Braziliya terma jamoasi Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.



