

Biroq 67 yoshli mutaxassis Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lish taklifini rad etgan. Bu haqda "Globo" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, FIGC Anchelottining rejalari va shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun mumkin bo'lgan jarima miqdorini bilmoqchi bo'lgan. Mutaxassis o'ziga bo'lgan e'tibor uchun minnatdorchilik bildirgan, ammo Braziliya terma jamoasini tark etish niyati yo'qligini aytgan.
Italiyalik murabbiy 2025 yilning may oyidan beri "pentakampeonlar"ni boshqarib kelmoqda. Ikki oy oldin Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan edi.



