Karlo Anchelotti JCH-2026 da Braziliya terma jamoasining Norvegiyadan uchragan mag'lubiyati sababini aytdi

6 iyul 2026, 08:50
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026 1/8 finalida Norvegiyaga qarshi o'yindagi (1:2) mag'lubiyatga izoh berdi.

"Boshida biz o'yinni nazorat qilayotgandek edik va vaziyatlar yaratdik. Raqibga juda kuchli bosim o'tkazish qiyin bo'ldi, chunki Norvegiya himoyani butunlay yopib tashladi, haddan tashqari katta kuch bilan bosim qilish esa katta tavakkalchilik edi. Bizga yosh talantlar, Braziliya futboliga kirib keladigan yuqori darajali futbolchilar kerak. Menimcha, biz yomon harakat qilmadik, lekin bu futbol, bu sport. Bazida mag'lubiyat bilan ham hisoblashishga to'g'ri keladi", - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi CNA.

Turnirning chorak finalida Norvegiya terma jamoasi Meksika - Angliya juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.

Eslatib o'tamiz, 1/16 final bosqichida Braziliya Yaponiyani (2:1), Norvegiya esa Kot-d`Ivuarni (2:1) mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: CNA