

“Matraschilar” muxlislari “Vilyarreal”ga qarshi o'yin oldidan argentinalik hujumchini hushtaklar bilan qarshi olishdi. Bunga futbolchining klubni ochiqchasiga tark etish istagi sabab bo'lgan. Ma'lumki, Alvares faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni istamoqda, biroq “Atletiko” rahbariyati uni kataloniyaliklarga sotishdan bosh tortmoqda.
“Biz birdam bo'lib qolishimiz kerak. Xulian biz bilan qolmoqda va u shu yerda ekan, biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Bu hamma uchun noqulay vaziyat. Umid qilamanki, hammasi ijobiy hal bo'ladi va biz butun mavsum davomida hamjihat bo'lib qolamiz”, – dedi Oblak.
“Atletiko”ning “Vilyarreal” bilan uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Alvares 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.



