Anchelotti nima uchun Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortganini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2026, 12:45
Ushbu haftada Roberto Manchini Italiya terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Karlo Anchelotti unga Italiya terma jamoasini boshqarish taklifi bo'lganini tasdiqladi, biroq u Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirish niyatida ekani sababli Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) taklifini rad etgan.

“Bu shartnoma masalasi sababli emas. Menda Braziliya futbol konfederatsiyasi va ushbu mamlakat oldida majburiyatlarim bor, chunki bu yerda birinchi yilimdayoq juda iliq kutib olishdi. Albatta, men Italiya futbol federatsiyasiga minnatdorlik bildirdim, lekin shu yerda qolmoqchiman. Chunki meni shunchalik samimiy qabul qilgan mamlakatda, menga ishlash imkoniyatini bergan tashkilotda faoliyatimni davom ettirishni to'g'ri va adolatli deb hisoblayman”, – dedi Anchelotti ESPN’ga bergan intervyusida.

May oyida 67 yoshli Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomasini 4 yilga - 2030 yilgi Jahon chempionatiga qadar uzaytirgandi. 5 karra jahon chempionlari italiyalik mutaxassis qo'l ostida JCH-2026’ning 1/8 finalida Norvegiyaga yutqazib, turnirni tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN