Ana xolos! Foden, Palmer mundialda qatnashmaydi

21 may 2026, 22:53
Jahon chempionati oldidan Angliya termasida ko'plab o'zgarishlar kuzatilishi mumkin.

Ingliz insayderlari ma'lumotlariga ko'ra, Tomas Tuxel ushbu mavsumdagi o'yinlaridan qoniqish hosil qilmagan Fil Foden va Koul Palmerlarni Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomaga kiritmagan.

Foden ushbu mavsumda barcha turnirlarda 49 o'yinda qatnashib, 10 gol va 7 assist qayd etdi. Jamoasi bilan birgalikda ikkita sovringa ega chiqdi. APL turnir jadvalida 2-o'rinni egallashi aniq bo'lib ulgurdi.

Koul Palmer esa ushbu mavsumda 33 o'yinda ishtirok etib, 10 gol va 3 assistni hisobiga yozdirib qo'ydi. Jamoasi APL jadvalida 8-o'rinni band qilib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times