Rasman. Angliya terma jamoasi a'zosi "Al-Hilol"ga o'tdi

31 avg 2026, 08:03
"Aston Villa" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkins Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o'tdi.

Bu haqda APL klubining rasmiy saytida xabar berildi.

Insayderlarning ma'lumotiga ko'ra, bitim qiymati 58,4 million evroni va yana 2 million evro bonus ko'rinishida tashkil etdi.

30 yoshli futbolchi 2020 yildan beri "Aston Villa" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U 91 ta gol bilan klubning APL tarixidagi eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Bundan tashqari, u jamoaning zamonaviy tarixida 100 ta gollik dovonni zabt etgan birinchi futbolchiga aylandi.

O'tgan APL mavsumida Uotkins 37 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar